O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Mahsus avariya - tiklash boshqarmasi
Keksalarni ezozlash yili- 2015 yil


 Keksalarni ezozlash yili- 2015 yil


     

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va manaviy qollab-quvvatlash kolamini kengaytirish, yoshi ulug insonlar, ayniqsa, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya taminoti va tibbiy xizmat korsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni ozbek xalqining kop asrlik qadriyat va ananalari ruhida tarbiyalashda keksalarning ornini mustahkamlash maqsadida, shuningdek, 2015-yilning Keksalarni ezozlash yili deb elon qilinishi munosabati bilan: 

1. "Keksalarni ezozlash yili" Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifa va yonalishlari etib quyidagilar belgilansin:

keksalarga gamxorlik korsatish va etiborni kuchaytirish, ularning hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va meyoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, pensiya taminoti va ijtimoiy qollab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yoshi ulug insonlarga davlat xizmatlari, shu jumladan, turli malumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlarni olish xizmatlari korsatishning eng qulay tizimini shakllantirish; 

keksalar, avvalambor, fashizm ustidan qozonilgan galaba va Vatanimizni qayta tiklashga munosib hissa qoshgan 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va qollab-quvvatlashni kuchaytirish, yoshi ulug insonlar, birinchi navbatda, yolgiz qariyalar va nogironlarga korsatiladigan ijtimoiy va maishiy xizmatlar royxatini kengaytirish, ularni farovon va munosib turmush sharoitlari bilan taminlash uchun mahallalar, "Nuroniy" jamgarmasi, boshqa nodavlat tashkilotlari va ijtimoiy tuzilmalar tomonidan moddiy va manaviy qollab-quvvatlash miqyosini oshirish;

faxriylar va yoshi ulug insonlarga tibbiy va ijtimoiy xizmat korsatish darajasi va sifatini oshirish, ularni tizimli asosda soglomlashtirishni tashkil etish, profilaktika tadbirlarini kopaytirish, korish va eshitish organlari, tayanch-harakat tizimi va yurak-qon tomir kasalliklarini davolashning zamonaviy usullari bilan qamrab olish va ulardan foydalanishni kengaytirish, keksalar va nogironlarni yordamchi hamda texnik reabilitatsiya vositalari bilan, jumladan, imtiyozli asosda taminlash, keksalarga xizmat korsatishga ixtisoslashtirilgan sanatoriya-soglomlashtirish va ijtimoiy xizmat korsatish muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash;

mamlakatimizning mudofaa qobiliyati, iqtisodiy, madaniy va intellektual salohiyatini oshirish, jamiyatimizda tinchlik, totuvlik va barqarorlik muhitini mustahkamlashga bebaho hissa qoshgan, soglom va barkamol unib osayotgan avlodni tarbiyalashda faol ishtirok etayotgan keksa avlod vakillariga munosib etibor qaratish va ularni har tomonlama qollab-quvvatlash boyicha keng kolamli chora-tadbirlarni tizimli asosda amalga oshirish, oila va jamiyatda yoshi ulug insonlarning orni va obrosini oshirish, bolalar va yoshlarni ota-onalarni, har bir nuroniyni chuqur hurmat qilish, ezozlash va ularga gamxorlik korsatish tuygusi ruhida tarbiyalash boyicha aniq tadbirlarni amalga oshirish;

har bir keksaga har tomonlama etibor qaratish boyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini kuchaytirish va oshirish, keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga kotarish, bunda ular uchun tuman va mahallalarda muloqot markazlari, qiziqishi boyicha klublar tashkil etishga alohida etibor qaratish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishlari uchun sharoit yaratish, televideniye, ommaviy axborot vositalari, kinoteatrlar, teatr va boshqa madaniy-marifiy muassasalarda yoshi ulug insonlarning qiziqishlariga mos mavzuda yangi maxsus korsatuvlar, spektakl va filmlar yaratish va efirga uzatish hajmini kopaytirish;

mahallalar va fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari tashkiliy tuzilmasida keksalar va nogironlarga doimiy etibor qaratadigan sektorni mustahkamlash, bunda ularga xizmat korsatadigan idora va xizmatlar, birinchi navbatda, pensiya, ijtimoiy va tibbiy taminot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni nazarda tutish.

2. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 12-dekabrdagi 4393-farmoyishiga muvofiq tuzilgan Respublika komissiyasi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jamoat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Keksalarni ezozlash yili Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

3. Respublika komissiyasiga (Sh.Mirziyoyev) Keksalarni ezozlash yili Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarning toliq, oz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish yuklansin.

Respublika komissiyasi:

bir hafta muddatda Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlarda Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlar hokimlari boshchiligida Davlat dasturini amalga oshirish boyicha tegishli komissiyalar tashkil etilishini taminlasin va ularning zimmasiga Davlat dasturida belgilangan vazifalarni sozsiz, toliq va oz vaqtida bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklasin;

ikki hafta muddatda vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar va boshqa xojalik birlashmalari, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir vazirlik va idora, hudud, shahar, tuman va aholi punktlarining Keksalarni ezozlash yili boyicha hududiy va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishini taminlasin;

respublika davlat va xojalik boshqaruvi organlari, shuningdek, joylardagi davlat hokimiyati organlari darajasida tasdiqlangan Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarni oz vaqtida va sifatli bajarish boyicha ishlarni muvofiqlashtirsin va ushbu tadbirlar amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat ornatsin;

har chorak yakunlari boyicha Keksalarni ezozlash yili Davlat dasturida belgilangan tadbirlar bajarilishi togrisida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga axborot berib borsin.

4. Ozbekiston Milliy axborot agentligi, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston matbuot va axborot agentligi:

bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, internet-resurslarni jalb etgan holda, aholi ortasida Keksalarni ezozlash yili Davlat dasturining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish boyicha asosiy yonalishlar va chora-tadbirlar muntazam va keng kolamda yoritilishini;

davlat va xojalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdagi ishtiroki va qoshgan aniq hissasini aks ettirgan holda, Davlat dasturining bajarilishi haqida keng jamoatchilikni muntazam xabardor qilib borishni taminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2015-yil 18-fevral
 
 
 
UZINFOCOM
MANAGER